Asosiy / Kutubxona / Xotin-qizlarning zamonaviy raqamli kasblarni egallashi va intellektual mehnat bilan band bo‘lish xohishini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari

11
sahifa
2023
yil
Kitob
Xotin-qizlarning zamonaviy raqamli kasblarni egallashi va intellektual mehnat bilan band bo‘lish xohishini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari
Bobur Xonturaev
Kitob haqida
Xotin-qizlar o‘rtasida intellektual (kasb malaka talab etiladigan) mehnatini tashkil etish holati yuzasidan anketa so‘rovnomasi respublika hududlaridagi mahallalarda o‘rganish uchun tanlab olindi. Ma’lumot uchun: Anketa so‘rovnomasining maqsadi mehnat bozorida xotin-qizlar o‘rtasida ish bilan bandlikning zamonaviy shakllarining ko‘lamini aniqlash, ular o‘rtasida zamonaviy kasblarni egallashi va intellektual mehnat bilan band bo‘lish xohishini o‘rganish hamda xotin-qizlar ish bilan bandligini oshirish bo‘yicha iqtisodiy asoslangan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi. Sotsiologik so‘rovlarning obyekti sifatida respublika hududlarida istiqomat qiluvchi o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan, kasbiy mahorati va malaka darajasi yuqori bo‘lmagan xotin-qizlar (respondentlar) tanlab olindi. Shunga ko‘ra, 2022 yil fevral-mart oylarida Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlarining mahallalarida mehnatga layoqatli xotin-qizlardan iborat 600 ta respondent o‘rtasida sotsiologik so‘rovnomasi o‘tkazildi. Respondentlar band bo‘lgan va band bo‘lmagan xotin-qizlarni tashkil etdi.
Nashr yili
2023
Sahifalar
11 ta
Ko'rishlar
16
Yuklab olishlar
0