Asosiy / Kutubxona / Mahallalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish
Mahallalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish
2
sahifa
2022
yil
Kitob

Mahallalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish

Y.A.Mirzaahmedova, B.N.Turobov, Sh.Shahobiddinova, SH.D.Hayitova, H.U.Davlatova

Kitob haqida

Mazkur uslubiy qo‘llanmada kitobxonlikning oila ma’naviyati va mustahkamligidagi o‘rni ochib berilgan. O‘zbek xalqining oilaviy kitobxonlik an’analari, zamonaviy tendensiyalar yoritilgan. Shuningdek, oilalarda kitobxonlikni rivojlantirish borasida uslubiy tavsiyalar shakllantirilgan. Mahallalarda kitobxonlikni rivojlantirish borasida o‘tkaziladigan tadbirlar ssenariylari ishlab chiqilgan. Ushbu uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida JHBL-82 “Mahallalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi qisqa muddatli amaliy loyiha doirasida amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida tayyorlangan. Kitobning “Kirish”, “Inson hayotida kitobning o‘rni” qismlari prof. Sh.Shahobiddinova, f.f.f.d. Y.A.Mirzaahmedova, “Xulosa” qismi SH.D.Hayitova, “Mahallalarda “Eng yaxshi kitobxon oila” ko‘rik-tanlovi NIZOMI”, “Mahallalarda “Farzandlarimiz bizning ertangi kunimiz” mavzusida bo‘lib o‘tadigan tadbir ssenariysi”, “Mahallalarda “Kitob aql qal’asidir” mavzusida bo‘lib o‘tadigan davra suhbati ssenariysi”, “Mahallalarda “Eng yaxshi kitobxon oila” mavzusida tanlov ssenariysi” B.N.Turobov, “Oilada o‘qish uchun tavsiya etilgan kitoblar ro‘yxati” H.U.Davlatova tomonidan yozilgan.
Nashr yili
2022
Sahifalar
2 ta
Ko'rishlar
16
Yuklab olishlar
0