
5
sahifa
2023
yil
Kitob
Mahalla – milliy qadriyatlar va odob durdonalari maskani
F.Abdurahimova, H.Norqulov, O.Musurmanova
Kitob haqida
Mazkur uslubiy qo‘llanmada Uchinchi Renessansga poydevor yaratish jarayoni kechayotgan bugungi kunda xalqimizning milliy qadriyatlari, urfodatlari, odob-axloq durdonalari, ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati, mazmun-mohiyati, mahalla va oilada barkamol shaxsni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ilmiy-amaliy fikr-mulohazalar, taklif va tavsiyalar o‘z aksini topgan. Ushbu uslubiy qo‘llanmadan ota-onalar, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimi mutasaddilari, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchilar, ushbu soha bo‘yicha tadqiqotchilar hamda keng jamoatchilik metodik manba sifatida foydalanishi mumkin. Uslubiy qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-fevraldagi qo‘shma majlisining 6-sonli bayoni 1-ilovasining 87-bandi, ya’ni mahallalarda milliy qadriyatlar va odob durdonalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib etish maqsadida soha mutasaddilari tomonidan uslubiy foydalanishi uchun ishlab chiqildi va nashr etildi. “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti Ilmiy kengashining 2023-yil 22-apreldagi 2-son majlis bayoni bilan nashrga tavsiya etilgan. MUNDARIJA Kirish 4 Milliy qadriyatlar - jamiyat ma'naviyatining asosiy poydevori 9 Mahalla - milliy qadriyatlar maskani 25 Milliy libos - oilaning muhim tarixiy qadriyati 33 Sharqona axloq-odobning oziga xos xususiyatlari 39 Odob - inson ziynati 61 Mahalla va oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni soglomlashtirishda odob-axloq qoidalarining o‘rni 69 Sharq va dunyo mutafakkirlaridan odob-axloq durdonalari 85 1. Odob haqida 86 2. Vatanparvarlik odobi 89 3. Ilm olish odobi 92 4. Suhbatlashish odobi 96 5. Yaxshilik qilish odobi 100 6. Oila odobi 104 7. Kasb-hunar odobi 108 8. Ota-ona odobi 111 9. Keksalar va ustozlarni e'zozlash odobi 113 10. Dostlik odobi 115 11. Halollik odobi 119 12. Mehnat odobi 122 Xulosa 130 Foydalanilgan adabiyotlar royxati 134
Nashr yili
2023
Sahifalar
5 ta
Ko'rishlar
18
Yuklab olishlar
0