
8
sahifa
2023
yil
Kitob
Genderga oid audit o‘tkazish metodologiyasi
S.Alimov, T.Narbayeva, N.Egamberdiyeva, X.Saydivaliyeva
Kitob haqida
#bilasizmi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida” O'zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan https://lex.uz/docs/4494849 “genderga oid audit — davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida, shu jumladan kadrlar siyosatini olib borishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holatini, shuningdek genderga doir kompleks yondashuvni o‘rganish va baholash” hisoblanadi. “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasiga ko‘ra, genderga oid auditning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: davlat organlari va tashkilotlarida xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbatini o‘rganish; davlat organlari va tashkilotlari o‘z faoliyatini genderga doir kompleks yondashuv asosida tashkil etganligi holatini o‘rganish; xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi qonunchilikning ijro etilish holatini baholash; xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Mazkur Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Mualliflar: T.Narbayeva, N.Egamberdiyeva, X.Saydivaliyeva, S.Alimov tomonidan "Genderga oid audit o‘tkazish metodologiyasi" nomli uslubiy qo‘llanma nashr ettirildi. Keyingi postimizda "Genderga oid audit o‘tkazish metodologiyasi" kitobida keltirilgan xorijiy tajribaga to'xtalamiz.
Nashr yili
2023
Sahifalar
8 ta
Ko'rishlar
15
Yuklab olishlar
0