Oila va xotin-qizlar qo'mitasi huzuridagi
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti
"Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish"
bo'limining 2025-yil 16-dekabr – 2026-yil 12-mart oralig'idagi hisoboti
bo'limining 2025-yil 16-dekabr – 2026-yil 12-mart oralig'idagi hisoboti
| T/r | Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Muddat | Mas'ul xodim(lar) | Kutilayotgan natija |
|---|---|---|---|---|---|
| I. Ilmiy adabiyotlarni tahrirdan o'tkazish, nashrga tayyorlash va kitob va qo'llanmalarni institut saytiga elektron shaklda yuklash | |||||
| 1 | Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo'yicha aholi o'rtasida o'tkaziladigan targ'ibot ishlari uchun turli adabiyotlar (uslubiy qo'llanma, monografiya, risola, buklet, flayer va boshqalar)ni tahrirlash va nashrga tayyorlash | 1. Targ'ibot ishlari uchun uslubiy qo'llanmalar va targ'ibot materiallarini tayyorlash jadvalini tasdiqlash. 2. Belgilangan muddatda turli adabiyotlarni tahrirlash va nashrga tayyorlash ishlarini tashkil etish. | Hisobot davri yakuni | Mavlonov B.B. Yunusov U.O. Sadikxodjayev Z.Z. Sobirov F.A. | Ilmiy bo'limlar bilan birgalikda oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo'yicha aholi o'rtasida o'tkaziladigan targ'ibot ishlari uchun turli adabiyotlar tahrir qilindi va nashrga tayyorlandi |
| 2 | Institut tomonidan tayyorlangan ilmiy adabiyotlar (uslubiy qo'llanma, risola, monografiya va boshqalar)ning elektron variantini institut veb-saytida e'lon qilib borish | Ilmiy adabiyotlarning elektron variantining institut veb-saytiga yuklab borilishini tashkil qilish | Doimiy | Mavlonov B.B. Yunusov U.O. Sadikxodjayev Z.Z. Sobirov F.A. | Griflari olinib, nashrga tavsiya etilgan ilmiy adabiyotlarning elektron varianti institut veb-saytida e'lon qilindi |
| 3 | Oilaviy nizolarni mediativ taomillar asosida hal etishni takomillashtirish va ularning amaliy samaradorligini oshirishning uslubiy asoslari | Xorijiy mamlakatlar ilg'or tajribasi va qonunchiligini o'rganish, tahlil qilish va takliflar tayyorlash. O'zbekistonda sudlarda mediativ kelishuvlarning holatini o'rganish va tahlil qilish. Oilaviy mediatsiya bo'yicha soha mutaxassislari o'rtasida sosiologik tadqiqot (ekspert so'rovi) o'tkazish. O'rganishlar natijasida tahliliy ma'lumotnoma tayyorlash, uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish va mutasaddi vazirlik, idoralarga taqdim etish. | dekabr yanvar fevral–mart | Gender tengligi, xotin-qizlar va oila huquqi bo'limi, Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'limi | Mediativ kelishuvlar hamda ularni qo'llash bo'yicha metodik ta'minot uchun uslubiy qo'llanmalar tayyorlanmoqda |
| 4 | O'zbekistonda gender tengligi strategiyasini baholash: ayollar imkoniyatlari, global gender pariteti, boshqaruv va raqamli tafovut indekslari tahlili | Indekslar bo'yicha tahlillar o'tkazish, xalqaro reytinglar bilan taqqoslash amalga oshirish. Gender tengligini oshirish bo'yicha qabul qilingan dasturlarning natijalari monitoring qilish, samaradorligini baholash. Gender indekslariga oid tadqiqot natijalari davlat idoralariga taqdim etish. Ilmiy tadqiqot natijalari asosida risolalar, kitoblar va metodik tavsiyalar ishlab chiqish. | yanvar fevral mart | Gender strategiya va baholash bo'limi, Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'limi | Tahliliy ma'lumotnoma tayyorlandi. |
| 5 | Ta'lim muassasalarida, mahallalarda, mehnat jamoalarida "Mas'uliyatli ota-onalik" loyihasini amalga oshirish | 1. "Mas'uliyatli ota-onalik" mezonlari bo'yicha trening dasturi va trenerlar uchun o'quv-metodik qo'llanma ishlab chiqish. 2. Mavzuga aloqador ma'ruza matnlari, taqdimotlar, tarqatma materiallar, ko'rgazmali targ'ibot vositalari, videoroliklar, buklet va flaerlar tayyorlash. 3. "Mas'uliyatli ota-onalik" veb-sayti va mobil ilovasini yaratish. 4. Mezonlarni ta'lim muassasalarida, mahallalarda amalga oshirish. | dekabr yanvar fevral doimiy | Oila demografiyasi va xotin-qizlarni iqtisodiy holati tahlili bo'limi, Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'limi | O'quv-metodik qo'llanma, tarqatma materiallar, ko'rgazmali targ'ibot vositalari, buklet va flaerlar tayyorlanadi |
| 6 | Mahalla xotin-qizlar faollarining ayollar muammolarini o'z vaqtida aniqlash va hal etishdagi faoliyat samaradorligini oshirish | Tadqiqot metodologiyasini ishlab chiqish, uning dasturi va savolnomasini tuzish. Mahalla xotin-qizlar faollarini qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash maqsadida ijtimoiy so'rovlar o'tkazish. Ijtimoiy so'rovlar asosida tahliliy ma'lumot tayyorlash. Tahlillar natijasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalarni belgilash, uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish. Tahliliy ma'lumot va tavsiyalarni Oila va xotin-qizlar qo'mitasiga taqdim etish. Xotin-qizlar faollari uchun uslubiy qo'llanma tayyorlash. | dekabr yanvar fevral mart | Oila demografiyasi va xotin-qizlarni iqtisodiy holati tahlili bo'limi, Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'limi | Uslubiy qo'llanma tayyorlanadi |
| II. Kitoblar taqdimoti, davra suhbatlari va konferensiyalarni tashkil qilish hamda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish | |||||
| 7 | Olima ayollarni qo'llab-quvvatlash, xotin-qizlar uchun ilm-fan bilan shug'ullanuvchilari borasida yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar haqidagi kitob va risolalarning taqdimotini o'tkazish | Tadbir dasturini ishlab chiqish. Kitob va risolalarning taqdimotini o'tkazish. Tadbirni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish. | yanvar | Mavlonov B.B. Yunusov U.O. Sadikxodjayev Z.Z. Sobirov F.A. | Belgilangan muddatda Toshkent davlat yuridik universitetida "Ilmli ayol – jamiyat ko'zgusi" mavzusidagi kitoblar taqdimoti o'tkazildi |
| 8 | Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan kitob va risolalarning taqdimotlarini o'tkazish | Tadbir dasturini ishlab chiqish. Kitob va risolalarning taqdimotini o'tkazish. Tadbirni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish. | fevral–mart | Mavlonov B.B. Yunusov U.O. Sadikxodjayev Z.Z. Sobirov F.A. | Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan yangi o'quv-uslubiy va amaliy qo'llanmalar taqdimoti o'tkazildi va OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi. |
| 9 | Oila institutini mustahkamlashga qaratilgan kitob va risolalarning taqdimotlarini o'tkazish | Tadbir dasturini ishlab chiqish. Kitob va risolalarning taqdimotini o'tkazish. Tadbirni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish. | mart | Mavlonov B.B. Yunusov U.O. Sadikxodjayev Z.Z. Sobirov F.A. | Mahalla xotin-qizlari faollari uchun "Kitoblar taqdimoti" tadbiri tashkil etildi. Institut direktori N.Egamberdiyeva nashr ettirilgan uslubiy adabiyotlar haqida atroflicha ma'lumot berdi. |
| 10 | "Oila institutini mustahkamlashning dolzarb masalalari: farovon oila va barqaror kelajak" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani o'tkazish | Ishchi guruhini tuzish, tadbir konsepsiyasi va rejasini ishlab chiqish. Tadbirda qatnashuvchi milliy va xorijiy ekspertlar ro'yxatini shakllantirish. Xalqaro konferensiyani Toshkent shahrida o'tkazish. Tadbirni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish. Konferensiya materiallari to'plamini "pdf" shaklda institut veb-saytiga joylash. | yanvar fevral mart | Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo'limi, Xalqaro aloqalar bo'limi, Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'limi, Matbuot kotibi | Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazildi. OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritildi. Konferensiya dasturi, logotip, znachok, bloknot, bejik, banner, ruchka, sumka, taklifnoma, sertifikat, tashakkurnoma, papkalar nashrga tayyorlandi. Konferensiya maqolalari to'plam shakliga keltirildi. |
| 11 | Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalari haqida davra suhbatini tashkil etish | 1. Davra suhbati dasturini ishlab chiqish. 2. Davra suhbatini tashkil etish. 3. Tadbirni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish. | fevral–mart | Gender tengligi, xotin-qizlar va oila huquqi bo'limi, Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'limi, Matbuot kotibi | Belgilangan muddatda davra suhbati o'tkazildi va OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi |
| 12 | Doktorant, tayanch doktorant va mustaqil izlanuvchilarga har oyda bir marta ilmiy-o'quv seminari hamda davra suhbatlarini tashkil etish | O'quv seminari va davra suhbatlarini tashkil etish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. Tasdiqlangan jadval asosida o'quv seminari va davra suhbatlarini tashkil qilish. O'quv seminari va davra suhbatlarini institut veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida yoritish. | dekabr–mart | Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo'limi, Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'limi | "Dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot metodologiyasi", "Sotsiologik tadqiqotlarni tashkil etish", "Scopus bazalarida indekslanuvchi ilmiy maqola va tezislar tayyorlash" va boshqa mavzularda ilmiy o'quv seminarlari tashkil etildi va institut veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi |
| III. Oila va xotin-qizlar tizimi xodimlari, shuningdek, mahalla xotin-qizlar faollariga uslubiy materiallarni yetkazib berish, Kitoblar karvonini hududlarga jo'natish | |||||
| 13 | Institut tomonidan tayyorlanadigan ilmiy adabiyotlar (uslubiy qo'llanma, monografiya, risola, buklet, flayer va boshqalar)ni Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tizimi xodimlari, shuningdek, mahalla xotin-qizlar faollari malakasini oshirish kurslariga hamda hududlardagi oila va xotin-qizlar boshqarmalariga yetkazib berish. "Kitoblar karvoni" loyihasi doirasida hududlarga jo'natish | Institut tomonidan tayyorlanadigan ilmiy adabiyotlarni Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tizimi xodimlariga hamda hududlardagi boshqarmalarga yetkazib berish. "Kitoblar karvoni" loyihasi doirasida hududlarga jo'natishni tashkil qilish. | Belgilangan muddatlarda | Mavlonov B.B. Yunusov U.O. Sadikxodjayev Z.Z. Sobirov F.A. | "Kitoblar karvoni" tashkil qilinib, institut tomonidan tayyorlangan turli xildagi ilmiy adabiyotlar (uslubiy qo'llanma, monografiya, risola, buklet, flayer va boshqalar) viloyatlarda faoliyat yuritayotgan mahalla xotin-qizlar faollariga yetkazib berildi |
| IV. Ommaviy axborot vositalarida, jumladan, televidenie va Internet jahon axborot tarmog'ida ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng yoritish, shuningdek, oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolliklarini oshirishda ishtirok etish | |||||
| 14 | Institutning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga tashviqot materiallarini joylashtirishni tashkil etish | Matbuot kotibi bilan hamkorlikda Institutning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga tashviqot materialini joylashtirishni tashkil etish. | Hisobot davri yakuni | Mavlonov B.B. Yunusov U.O. Sadikxodjayev Z.Z. Sobirov F.A. | Institutning rasmiy veb sayti – www.moiti.uz va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida institut faoliyatiga oid materiallar tahrirdan o'tkazildi va e'lon qilindi, jumladan: Saytda: 1. Yangiliklar: 74 ta 2. Videokontent: 12 ta Telegram tarmog'ida: 1. Videomaterial: 82 ta 2. Audiomaterial: 13 ta 3. Videoiqtibos: 22 ta 4. Videokontent: 6 ta 5. Lavha va ko'rsatuvlarda chiqishlar: 6 ta 6. Brifing: 2 ta 7. Matbuot anjumani: 1 ta 8. Infografik va tahliliy ma'lumotlar: 27 ta 9. E'lon: 3 ta 10. Tabrik: 8 ta Facebook sahifasida: 1. Post: 124 ta Instagram sahifasida: 1. Post: 79 ta |
| 15 | Ommaviy axborot vositalarida, jumladan, televideniye va Internet jahon axborot tarmog'ida ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng yoritish | Matbuot kotibi bilan hamkorlikda OAVda, jumladan, televideniye va Internet jahon axborot tarmog'ida ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng yoritish. | Hisobot davri yakuni | Mavlonov B.B. Yunusov U.O. Sadikxodjayev Z.Z. Sobirov F.A. | OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ilmiy tadqiqotlar natijalari belgilangan muddatda keng yoritildi |
| V. Institut muassisligida faoliyat yuritadigan ilmiy nashrlar | |||||
| 16 | "Markaziy Osiyoda jamiyat, gender va oila" xalqaro ilmiy jurnalining belgilangan muddatlarda chop etilishini ta'minlash | Jurnal tahririyatiga yuborilgan maqolalarni qabul qilib olish va maxsus daftarga shifrlash; Jurnal tahririyatiga kelib tushgan maqolalarni tahrirlash; Jurnalning dizayni va vyorstka (sahifalash)si bilan ishlash; Jurnalning har bir sonini jurnalning veb-sayti va rasmiy sahifalarida e'lon qilib borish. | Har chorakda | Jurnal tahririyati | Jurnal tahririyatiga kelib tushgan maqolalar muharrirlar tomonidan tahrir qilindi. Jurnalning keyingi soni nashrga tayyorlandi va nashr qilindi. |
| 17 | "Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot" elektron ilmiy jurnalining belgilangan muddatlarda chop etilishini ta'minlash | Jurnal tahririyatiga yuborilgan maqolalarni qabul qilib olish va maxsus daftarga shifrlash; Jurnal tahririyatiga kelib tushgan maqolalarni tahrirlash; Jurnalning dizayni va vyorstka (sahifalash)si bilan ishlash; Jurnalning elektron shaklini jurnalning veb-sayti va rasmiy sahifalarida e'lon qilib borish. | Har ikki oyda bir marotaba | Jurnal tahririyati | Jurnal tahririyatiga kelib tushgan maqolalar muharrirlar tomonidan tahrir qilindi. Jurnalning sonlari nashrga tayyorlandi va nashr qilindi. |
| VI. Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo'yicha aholi o'rtasida o'tkaziladigan targ'ibot ishlari uchun uslubiy qo'llanmalar va targ'ibot materiallarini tayyorlash | |||||
| 18 | Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo'llab-quvvatlashga doir islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga doir targ'ibot materiallarini tayyorlash | 1. Targ'ibot materiallarni tayyorlash. 2. Targ'ibot materiallarini aholi o'rtasida keng targ'ib qilish maqsadida Oila va xotin-qizlar qo'mitasiga taqdim etish. 3. Targ'ibot materiallarini ijtimoiy tarmoqlarda yoritish. | Hisobot davri yakuni | Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'limi, Gender tengligi, xotin-qizlar va oila huquqi bo'limi | 1. "5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma asosida o'qishga qabul qilinadi"; 2. "Xotin-qizlarga 7 yilga foizsiz ta'lim krediti beriladi" nomli bukletlar tayyorlandi |
| 19 | Gender tenglikni ta'minlashga oid turli stereotiplarning oldini olishga qaratilgan targ'ibot materiallarini tayyorlash | 1. Targ'ibot materiallarni tayyorlash. 2. Targ'ibot materiallarini aholi o'rtasida keng targ'ib qilish maqsadida Oila va xotin-qizlar qo'mitasiga taqdim etish. 3. Targ'ibot materiallarini ijtimoiy tarmoqlarda yoritish. | Hisobot davri yakuni | Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'limi, Gender strategiya va baholash bo'limi | "Gender stereotiplar" nomli risola tayyorlandi |
| 20 | Xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib etish, sport ommalashtirishga xizmat qiladigan targ'ibot materiallarini tayyorlash | 1. Targ'ibot materiallarni tayyorlash. 2. Targ'ibot materiallarini xotin-qizlar o'rtasida keng targ'ib qilish maqsadida Oila va xotin-qizlar qo'mitasiga taqdim etish. 3. Targ'ibot materiallarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish. | Hisobot davri yakuni | Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'limi, Oila demografiyasi va xotin-qizlarni iqtisodiy holati tahlili bo'limi | Xotin-qizlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish maqsadida buklet va flayerlar tayyorlanadi |
| 21 | "Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas'ulmiz!" shiori asosidagi targ'ibot materiallarini tayyorlash | 1. Oila institutini mustahkamlashga doir targ'ibot materiallarini tayyorlash. 2. Targ'ibot materiallarini Oila va xotin-qizlar qo'mitasiga taqdim etish. 3. Targ'ibot materiallarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish. | dekabr yanvar doimiy | Oila psixologiyasi va sotsiologiyasi bo'limi, Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'limi | "Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas'ulmiz!" shiori asosidagi "Mustahkam oila – mustahkam jamiyat" nomli buklet tayyorlandi |
| 22 | Yaqin qarindoshlar va erta nikohlarning oldini olishga qaratilgan targ'ibot materiallarini tayyorlash | 1. Yaqin qarindoshlar va erta nikohlarning oldini olish mavzulariga doir targ'ibot materiallarini tayyorlash. 2. Targ'ibot materiallarini aholi o'rtasida keng targ'ib qilish maqsadida Oila va xotin-qizlar qo'mitasiga taqdim etish. 3. Targ'ibot materiallarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish. | yanvar fevral doimiy | Oila demografiyasi va xotin-qizlarni iqtisodiy holati tahlili bo'limi, Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo'limi, Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'limi | Yaqin qarindoshlar o'rtasidagi va erta nikohlarning oldini olishga qaratilgan buklet va flayerlar tayyorlanadi. "Erta nikoh va yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari" nomli uslubiy qo'llanma nashrga tayyorlandi. |
| 23 | "To'g'ri ovqatlanish va sog'lom turmush tarzi" umummilliy harakati dasturini amalga oshirishga xizmat qiladigan targ'ibot materiallarini tayyorlash | 1. Xotin-qizlarning tibbiy madaniyatini oshirish, xonadon gigienasiga rioya etish borasida targ'ibot materiallarini tayyorlash. 2. Targ'ibot materiallarini Oila va xotin-qizlar qo'mitasiga taqdim etish. 3. Targ'ibot materiallarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish. | Hisobot davri yakuni | Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'limi, Oila demografiyasi va xotin-qizlarni iqtisodiy holati tahlili bo'limi | "To'g'ri ovqatlanish va sog'lom turmush tarzi" umummilliy harakati dasturini amalga oshirishga xizmat qiluvchi buklet va flayerlar tayyorlanadi. |
| 24 | Voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berishga to'liq barham berish, istalmagan homiladorliklarning oldini olishga qaratilgan targ'ibot materiallarini tayyorlash | 1. Voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berishga to'liq barham berish, istalmagan homiladorliklarning oldini olishga qaratilgan targ'ibot materiallarini tayyorlash. 2. Targ'ibot materiallarini Oila va xotin-qizlar qo'mitasiga taqdim etish. 3. Targ'ibot materiallarini ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish. | Hisobot davri yakuni | Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'limi, Oila demografiyasi va xotin-qizlarni iqtisodiy holati tahlili bo'limi | Voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berishga to'liq barham berish, istalmagan homiladorliklarning oldini olishga qaratilgan targ'ibot materiallari tayyorlandi |
| 25 | Institut tomonidan nashr qilingan va mahallalarga yetkazilgan uslubiy qo'llanmalar va targ'ibot materiallarining xotin-qizlar faollari faoliyatiga ta'sirini baholash | 1. Xotin-qizlar faollarining uslubiy qo'llanmalar va targ'ibot materiallaridan foydalanish darajasi, faoliyatida ro'y bergan o'zgarishlarni va qaysi mavzulardagi qo'llanmalarga ehtiyoji mavjudligini o'rganish maqsadida ijtimoiy so'rov o'tkazish. 2. So'rovlar asosida tahliliy ma'lumot tayyorlash hamda natijalarini Ilmiy Kengashda taqdimot qilish. | fevral mart | Tahririy-noshirlik va axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo'limi | Institut tomonidan nashr qilingan va mahallalarga yetkazilgan uslubiy qo'llanmalar va targ'ibot materiallarining xotin-qizlar faollari faoliyatiga ta'sirini baholash maqsadida ijtimoiy so'rovnoma ishlab chiqildi |
| VII. Bo'lim xodimlarining malakasini oshirish | |||||
| 26 | Bo'lim xodimlarining malakasini oshirish | Coursera, Udemy kabi xalqaro platformalardan foydalangan holda malaka oshirish. | Hisobot davri yakuni | Mavlonov B.B. Yunusov U.O. Sadikxodjayev Z.Z. Sobirov F.A. | — |
| Rejadan tashqari bajarilgan ishlar | |||||
| T/r | Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Muddat | Mas'ul xodim(lar) | Kutilayotgan natija |
| 1 | Institut rahbariyati va mutasaddi tashkilotlar tomonidan berilgan rejadan tashqari topshiriqlarni bajarish | Institut olimlari tomonidan tayyorlangan "Ota-onalikka tayyorlik", "Ota-onaning reproduktiv salomatligi", "Ota-onaning pedagogik-psixologik malakalari", "Ota-onaning iqtisodiy bilimdonligi", "Oilaning ma'naviy-axloqiy muhiti", "Mas'uliyatli ota-onalik trenerlar uchun", "Xotin-qizlar va bolalarga qarshi qaratilgan kiberzoravonlikni oldini olish", "Gender tengligi oilada zoravonlikni oldini olish asosi", "Mahallada oilaviy mediatsiyani joriy etish bo'yicha metodik tavsiyalar" qo'llanmalariga O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" Davlat muassasasining patentlari olindi. | Hisobot davri | O.Yakubov | Belgilangan qo'llanmalarga patentlar olindi |
| 2 | Hududlarga "Kitoblar karvoni" jo'natish | Qashqadaryo viloyatining Yakkabog' tumani hamda Samarqand viloyatining Kattaqo'rg'on shaharlarida Oila va xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan tashkil qilingan tadbirlar uchun "Kitoblar karvoni" yuborildi | Hisobot davri | O.Yakubov | "Kitoblar karvoni" yuborildi |